“Aholi bandligi to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Aholining bandligini ta`minlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilandi. Jumladan:
• aholi bandligini rag`batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya, grant va kreditlar ajratish;
• har yili ish o`rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish;
• mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarga ko`rsatiladigan xizmatlar turlari;
• ish qidirayotgan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan ro`yxatga olish va hisobdan chiqarish tartibi;
• “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish;
• mehnat stajini elektron tarzda hisobga olish.
Shuningdek, Qonun bilan Mehnat kodeksiga bir qator o`zgartirishlar kiritildi. Jumladan, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko`pi bilan 26 hafta davomida to`lanishi belgilandi (amalda ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga 13 hafta, boshqa toifadagilarga 26 hafta mobaynida to`lanadi).
Qonunga ko`ra, ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha oshiriladi:
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi.