Ayni damda ko`pgina o`zbek va dunyoning mashhur insonlari issiq o`lkalarda hordiq chiqarishmoqda.
Jumladan Dubayda sayohat qilayotganlar talaygina. Kuni kecha, Mirabror Mirxalilov ham oilasi bilan Dubayga yo`l olib, u erda Turkiyaning mashhur oshpazi Burak Ozdemir bilan uchrashdi. Xonanda unga milliy zar tonimizni sovg`a qildi.
Mirabror Mirxalilov o`zining instagram sahifasida ushbu jarayonda suratga olingan video bilan bo`lishdi. Dunyoga mashhur oshpaz esa instagramdagi "storiz"ida "Men O`zbekistonni sevaman" degan iliq fikrlarni bildirdi.