Samarqand shahrida uy-joy masalasida o`zaro kelib chiqqan nizoli vaziyat sabab xotinini qasddan o`ldirgan va uyini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida hukm o`qildi. Bu haqda "Zamon" informasion dasturida xabar qilindi.
Ma`lum qilinishicha, erkak 2001 yilda ham ayolini o`ldirishga uringan. Unga nisbatan 2001 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi asosan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Biroq o`shanda ayoli da`vosi yo`qligini bildirib, suddan engillik so`ragani sabab jazo engillashtirilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Shundan so`ng u amnistiya bilan ozod qilingan.
Tergov va surishtiruvda aniqlanishicha, sartaroshlik bilan shug`ullanuvchi 53 yoshli erkak va tikuvchilik qilgan marhum ayol o`rtasida uy-joy masalasida kelishmovchiliklar bo`lib turgan. Navbatdagi janjallarning birida erkak ayolini o`ldirib qo`ygan. Xabarga ko`ra, erkak o`z joniga ham qasd qilgan, biroq tasodif sabab o`lmay qolgan.
Sudlanuvchi sudga bergan ko`rsatmasida ayoli uni umuman hurmat qilmaganini, ukasi va singillariga yordam qilgani ayolga yoqmagani, shu sabab tez-tez oilaviy kelishmovchiliklar bo`lishini aytgan. Shuningdek, erkak o`z aybiga iqror bo`lgan.
U Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga ushbu modda bilan 18 yildan ozodlik mahrum etish jazosi belgilandi.
26.02.2021, 12:13
2020 yilning noyabr oyida 42 yoshli pastdarg`omlik erkak xotinining boshqa erkak bilan ishqiy munosabatlari haqida xabar topgach, Samarqanddagi Mirzo Ulug`bek ko`chasida joylashgan savdo markazida ularni...21.02.2021, 20:20
Samarqandda «BITSIMPLEX» nomli MChJ xodimlari fuqarolardan 500 AQSh dollaridan 22 250 AQSh dollarigacha pul mablag`larini olib, pullarni qaytarib bermayotganligi aniqlangan. Bu haqda Tergov departamenti xabar...21.02.2021, 17:27
Samarqandda «BITSIMPLEX» nomli MChJ xodimlari fuqarolardan 500 AQSh dollaridan 22 250 AQSh dollarigacha pul mablag`larini olib, pullarni qaytarib bermayotganligi aniqlangan. Bu haqda Tergov departamenti xabar...19.02.2021, 18:07
2021 yil 14 fevral kuni "Toshkent-Samarqand-Buxoro" yo`nalishida qatnovchi “Sharq” yo`lovchi poezdi Juma temir yo`l bekatida, ya`ni Pastdarg`om tumani “A.Navoiy” mahallasida hududidan o`tgan temir yo`lda harakatlanib...