Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayyan internet orqali jonli efirda koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda qiyinroq bo`lishi mumkin degan fikrni bildirdi.
“Biz pandemiyaning ikkinchi yiliga kirmoqdamiz va koronavirus tarqalish dinamikasini hisobga olgan holda, bu yil yanada qiyinroq bo`lishi mumkin”, – dedi M. Rayyan.
JSST vakilining ta`kidlashicha, so`nggi ikki hafta ichida tashkilotga kelib tushgan ma`lumotlar ushbu kasallik "yana avjiga chiqqan"ini ko`rsatmoqda.
M. Rayyanning so`zlariga ko`ra, Shimoliy yarim sharda, ayniqsa Evropa va Shimoliy Amerikada "katta bo`ron" kuzatilmoqda. Bundan tashqari, u infeksiya tarqalishining ortishiga sabab bo`lgan omillar havoning sovushi, odamlarning yopiq binolar ichida to`planayotgani, shuningdek, koronavirus yangi shtammining tarqalishi bo`lganligini ta`kidladi.
Ma`lumot uchun, bugungi kunda dunyo bo`ylab 91 595 225 kishi COVID-19 infeksiyasi bilan zaralangan. Shundan, 1 962 354 kishi halok bo`lgan.
14.01.2021, 11:24
2021 yil 14 yanvar kuni Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari COVID-19 infeksiyasi ilk bor aniqlangan Xitoyning Uxan provinsiyasiga kelib tushdi. Bu haqda Xitoy markaziy...05.01.2021, 22:26
Joriy yilning 1 yanvar kuni portugaliyalik sog`liqni saqlash xodimi Sonia Acevedo COVID-19 ga qarshi emlangandan 48 soat o`tib to`satdan vafot etdi. Bu haqda Dailymail ga...26.11.2020, 07:30
Mazkur vitamin va mikroelementlar koronavirusni engishda o`rni bor ekani tasdiqlangan. Ya`ni vitamin D3, sink etishmovchiligi kuzatilganlarda kasallik zudlik bilan rivojlanishi va og`ir darajada o`tishini keltirib...05.11.2020, 21:23
Kasallik davrida COVID-19 ni yuqtirib olgan odamning burun shilliq qavati shishib ketadi, shuning uchun hid sezish qobiliyati yo`qolib qoladi. Kasallanganlarning deyarli 90% da hid sezish...