Koronavirusga qarshi vaksina olingandan keyingi — haroratning ko`tarilishi, ko`ngil aynishi abi alomatlar yoshi katta va sog`lig`ida muammosi bor insonlarning o`limiga sabab bo`lishi mumkin, demoqda Sog`liqni saqlash Norvegiya agentligi Sigurd Hortemu Xelsinki. Bu haqda TASS yozmoqda.
Norvegiya dori vositalari agentligi xabar berishicha emlashdan keyin 23 o`limga oid xabarlar olingan. Hozirgi vaqtda ularning 13 tasi ko`rib chiqilmoqda.
Agentlik Bosh shifokori Sigurd Xortemu, bu harorat va ko`ngil aynish kabi emlashdan keyin umumiy simptomlar sog`lig`i zaif bo`lgan odamlarning o`limiga olib kelishi mumkinligini ta`kidladi.
Ma`lumot o`rnida, Amerika kompaniyasi Pfizer va nemis BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan dori bilan emlash Norvegiyada 27 dekabr oyida boshlandi. Osloda qariyalar uyi aholisi birinchi bo`lib emlandi. Yil boshida turli aholi punktlarida uch kishini emlashdan keyin o`lim haqida ma`lum bo`ldi. Rasmiy xabarlarga ko`ra, bu emlash bilan bog`liq bo`lmasligi ham mumkin. Hozirda holatni o`rganish uchun tergov olib borilmoqda.