Turkiya “Xalqaro Fatih Sultan Anadolu Imam Hatib” liseyining “Yoshlar” gazetasining maxsus soni uchun ta`lim muassasasida tahsil olayotgan vatandoshimiz Ahmadjon Xolmurodov bilan intervyu tashkil etildi. Bu haqda Uzbektourizm axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur intervyu davomida vatandoshimiz O`zbekiston geografiyasi, madaniyati va iqlimi haqida so`zlab berdi.
“O`zbekiston havosi, geografiyasi va madaniyati haqida bir so`z bilan aytish qiyin, undan faqat bahra olib yashash mumkin. Zero, Turkiyaga kelishimdan oldin Vatanim havosidan o`pkamni to`ldirib olgan nafasim hayratini hamon qalbimda saqlayman”, - deydi Ahmadjon Xolmurodov.
Shuningdek, suhbat davomida vatandoshimiz o`zbek milliy taomlari, milliy marosimlari va yurtimizdan etishib chiqib, dunyo tan olgan ulug` mutaffakkirlari haqida ham batafsil so`zlab bergan. Juda qizg`in olib borilgan suhbatda O`zbekistonning sayyohlik salohiyati borasida so`z yuritilgan. Xususan Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va Farg`ona kabi ko`hna va navqiron shaharlar to`g`risida alohida to`xtalib o`tilgan.
25.02.2021, 16:06
Turkiyada O`zbekiston fuqarosi o`tkir tig`li jism bilan tan jarohati etkazilish oqibatida vafot etdi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.Xabarga ko`ra, 23 fevral kuni...04.02.2021, 23:20
Avval xabar qilganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kappadokiya shaharlariga «Pandemiya sharoitida turizm» loyihasi doirasida navbatdagi...01.02.2021, 16:39
AOKAdagi matbuot anjumanida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bosh boshqarma boshlig`i Abduvali Xolikov Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini kredit-model tizimi haqida ma`lumot berdi. «Oliy ta`lim...31.01.2021, 02:50
Avval xabar qilganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kappadokiya shaharlariga «Pandemiya sharoitida turizm» loyihasi doirasida navbatdagi...