Prezident Shavkat Mirziyoev bugun, 15 yanvar kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari shahar markazidagi Islom Karimov ko`chasida Oliy Majlis Senati uchun hozirlanayotganyangi bino qurilish ishlari bilan tanishdi.
“Parlamentimiz faol ishlayapti. Majlislar paytida bitta qonun loyihasi soatlab muhokama qilinadi. Shuning uchun ishtirokchilarning harakatlanishi, salomatligi, yoshi bilan bog`liq har bir jihatni e`tiborga olish, shunga yarasha qulaylik yaratish zarur. Zalga quyosh nuri tushib tursa, kayfiyatga, ishga yaxshi ta`sir qiladi”, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Loyihaga ko`ra, 6 qavatli eski bino tubdan rekonstruksiya qilinib, qo`shimcha ob`ektlar qurilmoqda. Bugungi kunda muhandislik tarmoqlari montaj qilinyapti.
Yangi binoda senatorlar uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisini o`tkazish uchun 280 o`rinli zal tashkil etilmoqda. U milliy naqshlar bilan bezatilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo`ladi.
Yangi binoda delegasiyalar bilan uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ham barcha sharoitlar yaratiladi.
27.02.2021, 00:21
Xotin-qizlar muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o`tkazilgan videoselektrda xotin-qizlarni uy bilan ta`minlash masalalari ham ko`rildi. Yig`ilish davomida vaqtincha noturar joylarda istiqomat qilayotgan...26.02.2021, 23:47
Bugun, 2021 yil 26 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida o`tgan videoselektor yig`ilishida oliy ma`lumotli bo`lish istagida bo`lgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan...26.02.2021, 17:29
Bugun, 26 fevral kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot...24.02.2021, 18:06
Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida yo`l-transport tizimini yaxshilash va yangi yo`llar qurishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. Poytaxtimizda transport...