my5
Sevimli

Niderlandiyadan O`zbekistonga yuborilgan pochta jo`natmasining ichidan yirik miqdordagi giyohvandlik moddasi chiqdi

Jinoyat 15.01.2021, 16:18
Niderlandiyadan O`zbekistonga yuborilgan pochta jo`natmasining ichidan yirik miqdordagi giyohvandlik moddasi chiqdi

Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabariga ko`ra, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Niderlandiyadan fuqaro D.N. nomiga kelgan pochta jo`natmasi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.

Ma`lum bo`lishicha, jo`natmada “ABD-BUTINACA” nomli 498,82 gramm sintetik turdagi giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro D.N.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganida, “gashish” giyohvandlik vositasi ham borligi aniqlandi. 

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov organiga yuborildi.

 

Шарҳлар