my5
Sevimli

Prezident yunusobodliklar bilan uchrashdi (foto)

Siyosat 15.01.2021, 18:20
Prezident yunusobodliklar bilan uchrashdi (foto)

Aholi turmush darajasida mahallalardagi sharoit, infratuzilma va xizmatlar sifati muhim omil.  Islohotlar natijalari, sohalardagi o`zgarishlar ham avvalo mahallada seziladi.

Shu bois, Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o`z sohasi bo`yicha ishni mahallalarda tashkil etishi, muammolarni o`rganib, ularga echim topishi zarurligini ta`kidlagan edi. Shu bilan birga, mahalla idorasining vakolatini kengaytirish, rais va xodimlarning moddiy ta`minotini yaxshilash bo`yicha tashabbuslar ilgari surilgan edi.

Davlatimiz rahbari shunday ishlar bilan tanishish maqsadida Yunusobod tumanidagi “Yangibog`” mahalla fuqarolar yig`inida bo`ldi.

Bu erda 7 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. 2 mingdan ziyod oila mavjud. Yangi qurilgan mahalla guzari binosida keng sharoitlar yaratilgan.

Shu erda Yunusobod tumanidagi mahallalar faollari bilan muloqot bo`ldi.

– Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo`g`indagi ustuni. Mahallaning iqtisodiyotini o`zgartirsak, jamiyatimiz o`zgaradi. Buning uchun yoshlarning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, «Har bir oila – tadbirkor» dasturidan samarali foydalanish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Ko`p qavatli uylarga sifatli xizmat ko`rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari tashkil etish, ichki yo`llarni ta`mirlash, maishiy xizmatlarni ko`paytirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Шарҳлар