O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida»gi Qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-4938-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Pensiya jamg`armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko`ra, 2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
Qarorga asosan 2021 yil 1 fevraldan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida:
Bundan tashqari joriy yilning 1 fevralidan faxriy unvoniga ega pensionerlar uchun to`lov miqdori Qarorga asosan 1.1 barobarga oshirildi.
Ma`lumot uchun:
Ushbu qaror 2021 yil 1 fevraldan ish haqi 10 foizga oshirilishi haqida:
Bu Prezidentning “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida ko`zda tutilgan.Ushbu qarorda, avvalo, 2021 yilgi davlat byudjetini ijroga qaratish bilan bog`liq.
Mavjud an`anaga ko`ra, hali pensiya va nafaqa miqdorini oshirish bo`yicha davlat rahbarining alohida farmon yoki qarori chiqishi lozim.
“Nega pensiyalar oshirilmayapti?” degan savollarga keladigan bo`lsak, pensiyalar koronakrizis paytida, aniqrog`i 2020 yilning 1 sentyabridan oshirilgan edi. U paytda byudjet xodimlari oyliklari oshishi muzlatib qo`yilgan edi.