Makolay Kalkin muxlislar tomonidan bildirilgan "Uyda yolg`iz 2" filmidan Donald Tramp qatnashgan qisqa epizodini olib tashlash va uni 40 yoshli o`ziga almashtirish takliflarni qo`llab-quvvatladi.
40 yoshli Kalkin Donald Trampni 1992 yilda suratga olingan "Uyda yolg`iz 2" filmidan olib tashlash ilgari surilgan ikkita tvitga javob qaytardi.
Bir muxlis bildirgan Trampni "40 yoshli Makolay Kalkin" bilan almashtirish to`g`risidagi iltimosnomaga javoban aktyor "Sotildi" deb tweet qoldirdi.
Tramp suratga tushgan sahna o`sha paytda Trampga tegishli bo`lgan Nyu-York shahridagi Plaza mehmonxonasida suratga olingan.
Avvalroq, Trampning kamesi Kanadaning CBC tarmog`i tomonidan olib tashlanganiga Tramp norozilik bildirgan edi.
Amerikaliklar Donald Trampning Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti lavozimini tugashi yaqinlashayotgan bir paytda, uni "Uyda yolg`iz 2" dan ham olib tashlashni talab qilyapti.
Kevin Makallisteri Trampdan "lobbi qaerda" deb so`raydi va Tramp "Zaldan pastga va chapga" deb javob beradi.
Hattoki, bir muxlis Trampning qiyofasini ham, ovozini ham epizoddan olib tashlab, hech kimdan ruxsat so`ramagan holda, Twitter'ga joyladi.
Bu tweet 17 mingdan ortiq retweet va 101 ming layk yig`di. Kulkin esa muxlisga javoban "Bravo" deb izoh qoldirdi.
Quyida muxlislar Tramp sahnasini o`zgartirishga qanday takliflar bildirganini ko`rishingiz mumkin: