O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun, 18 yanvarda kunduz kuni respublika hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo`nalishda shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 13-18° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15° iliq atrofida bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Biroz shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Havo harorati 9-14° iliqni tashkil etadi.