AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2020 yilda qancha odam vafot etgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda 2020 yilda qancha odam vafot etgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasining bergan ma`lumotlariga ko`ra,O`zbekistonda 2020 yilda 175,6 ming kishi vafot etgan. Bu 2017 yilgi o`limlar sonidan 14,7 mingtaga (9,27 foizga), 2018 yilgi o`limlar sonidan 20,7 mingtaga (13,36 foizga), 2019 yilgi o`limlar sonidan 21 mingtaga (13,58 foizga) ko`p.

2020 yilda qayd etilgan o`lim holatlarining 60 foiziga qon aylanish tizimi kasalliklari, 8 foiziga o`simtalar, 7,2 foiziga nafas olish a`zolari kasalliklari sabab bo`lgan.

Viloyatlar kesimi bo`yicha eng ko`p o`lim holatlari Toshkent shahriga (21,2 ming), Farg`ona (18,5 ming), Toshkent (18,4 ming) va Samarqand (18,4 ming) viloyatlariga to`g`ri kelgan. Eng kam o`lim holati esa Navoiy (5 ming) va Sirdaryo (4 ming) viloyatlarida kuzatilgan.

Shuningdek, go`daklar o`limi (1 yoshgacha bo`lgan bolalar o`limi) bo`yicha eng yomon ko`rsatkich Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar