Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o`ttiz birinchi sessiyasida ma`lum qilindi.
Shunda 60 ta deputatga ja`mi 120 mlrd. so`m mablag` ajratilishi ko`zda tutilgan. Huddi shu maqsadda xalq deputatlari tuman kengashining har bir deputatiga 100 mln. so`mdan ajratiladi. Aholi muammolarini hal qilish uchun shahar sektor rahbarlariga yiliga 5 mlrd. so`mdan ajratiladi. Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig`iga 2 mlrd so`m ajratiladi. Yuqoridagilardan tashqari joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etish uchun 80 mlrd so`m markazlashgan mablag` ajratilishi rejalashtirilmoqda.