O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, 21-23 yanvarda O`zbekiston hududiga g`arbiy Qozog`iston orqali Rossiya (Moskva viloyati) evropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
21 yanvarda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba`zi joylarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) yog`adi.
22 yanvarda respublika hududlari bo`yicha yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tog` oldi va tog`li hududlarda qor, ba`zi joylarda kuchli qor yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi.
21-22 yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
22-23 yanvarda havo harorati kechalari 5-10° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha; shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8° sovuqgacha pasayadi.
22-23 yanvarda o`rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me`yordan 8-10° ga past bo`ladi.
Yo`llarda yaxmalak bo`lishi mumkin, deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: