AsosiyJamiyat

Rossiyada kanalizasiya qudug`idan polietilen paketga o`ralgan 33 yoshli O`zbekiston fuqarosining jasadi topildi

'Rossiyada kanalizasiya qudug`idan polietilen paketga o`ralgan 33 yoshli O`zbekiston fuqarosining jasadi topildi'ning rasmi

Rossiyada kanalizasiya qudug`ida topilgan 33 yoshli O`zbekiston Respublikasida tug`ilgan fuqaroning jasadi bo`yicha Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) bilan jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Rossiyaning Lipesk viloyati tergov qo`mitasi xabar qildi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 19 yanvar kuni Dobrinskiy tumani Studenka qishlog`ida yangi qurilgan uy egalari kanalizasiya qudug`ida polietilen paketga o`ralgan 33 yoshli erkakning jasadini topib, huquqni muhofaza qilish idoralariga xabar berishgan. Tergov-tezkor guruh zudlik bilan voqea joyiga etib borgan. Tekshiruvda jabrlanuvchining bo`yni va boshidan kesilgan yaralar topilgan.

Hozirgi vaqtda jinoyatning barcha holatlarini, shuningdek, migrantni o`ldirishda ishtirok etgan shaxsni aniqlash maqsadida kompleks tergov harakatlari va sud ekspertizasi o`tkazilmoqda. Uy egalari so`roq qilinmoqda, qurbonning qurilishi tugagan uyda kim bilan ish olib borgani uning tanishlari doirasi ishlab chiqilmoqda. Jinoyat ishi bo`yicha tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar