sevimli
Sevimli

Ronaldu 760 ta gol bilan futbol tarixidagi eng yaxshi to`purarga aylandi

Sport 21.01.2021, 15:16
Теглар: Krishtianu Ronaldu
Ronaldu 760 ta gol bilan futbol tarixidagi eng yaxshi to`purarga aylandi

"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu rasmiy o`yinlarda eng ko`p gol urish bo`yicha yangi rekord o`rnatdi. Bu haqda "Meduza" xabar bermoqda.

20 yanvar kuni u Italiya Superkubogi uchun "Yuventus" - "Napoli" uchrashuvida o`zining 760-golini urdi. O`yin umumiy 2: 0 hisobi bilan yakunlandi.

Shunday qilib, Ronaldu 1950 yillarda o`ynagan Avstriya va Chexoslovakiya terma jamoalarining sobiq hujumchisi Yozef Bikandan oldinga chiqib oldi. Uning hisobida rasmiy uchrashuvlarda 759 ta gol mavjud edi. Avvalroq, Ronaldu braziliyalik futbolchi Peleni ortda qoldirgan (757 ta gol) edi.

Ma`lumot uchun, 35 yoshli Ronaldu "Sporting" safida 5 ta, "MYu" da 118 ta, "Real" da 450 ta, "Yuventus" da 85 ta va Portugaliya terma jamoasida 102 ta gol urgan.

Шарҳлар

Ronaldu: "Tarixdagi eng yaxshi to`purar bo`lish ajoyib va bundan faxrlanaman"

18.01.2022, 19:27

"Manchester Yunayted" va Porgutaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFAning The Best maxsus sovrinini qo`lga kiritdi. Shundan so`ng quyida fikrlarini aytib o`tdi. "Dastavval 20 yil mobaynida...
FIFA Ronaldu uchun maxsus sovrin topshirdi

18.01.2022, 01:31

"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan maxsus sovrin bilan mukofatlandi. Ma`lum qilinishicha, Ronaldu 2021 yilda terma jamoa safidagi gollarini 115taga etkazib...
Ronaldu: "Jahon chempionatiga chiqa olmasak, juda qayg`uli voqea bo`ladi"

15.01.2022, 10:48

Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda bo`ladigan JCh-2022ga chiqish uchun o`tadigan pley-off bahslari haqida o`z fikrlarini bildirdi. "Agar jahon chempionatiga chiqa olmasak,...
Ronaldu "Barselona"ga o`tishi mumkin

10.01.2022, 18:12

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez orada jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda  Sport.es xabar berdi.Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"dagi muhitdan qoniqish hosil qilmayapti va...