my5
Sevimli

100ga yaqin maktab o`quvchisi ommaviy zaharlandi

Dunyo 21.01.2021, 18:26
100ga yaqin maktab o`quvchisi ommaviy zaharlandi

Rossiya Tergov qo`mitasi Moskva viloyatida maktab o`quvchilarining zaharlanishi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atdi. Bu haqda davlatning rasmiy nashrlari ma`lum qildi.

Xabar qilinishicha, Moskva yaqinidagi Krasnoarmeyskda ikki maktabning deyarli 100 nafar o`quvchisi zaharlangan. Bu voqeaga ta`lim muassasalariga oziq-ovqat etkazib beruvchi Evgeniy Prigojinning aybi sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda.

Ish, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki sotish yoki xizmatlar ko`rsatish (Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi 1-qismi) moddasi bo`yicha tekshiruv natijalariga ko`ra qo`zg`atilgan, deyiladi voqea yuzasidan tergovchilar tomonidan berilgan izohda.

Tergovning dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 19 va 20 yanvar kunlari Krasnoarmeyskdagi ikkita maktabning 91 o`quvchisi va oshxonalarning 2 xodimi sog`lig`i yomonligi haqida shikoyat bilan tibbiy muassasalarga murojaat qilishgan. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda. Xususan, hujjatlar tekshirilmoqda, maktablarga oziq- ovqat etkazib beruvchi korxonada tekshiruvlar o`tkazilmoqda va oziq-ovqat namunalari o`rganilmoqda.

Media nashrining xabar berishicha, ushbu maktablarga iste`mol mahsulotlarini etkazib beruvchi tadbirkor Evgeniy Prigojin Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning yaqin hamkori bo`lgan.

Шарҳлар