my5
Sevimli

O`rtachirchiq tuman hokimligi xodimiga fuqarolardan biri tan jarohati etkazdi

Jinoyat 21.01.2021, 20:38
O`rtachirchiq tuman hokimligi xodimiga fuqarolardan biri tan jarohati etkazdi

O`rtachirchiq tuman hokimligi xodimiga fuqarolardan biri tan jarohati etkazdi. Holat yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

O`rtachirchiq tumanida yashovchi fuqaro B.A., 19.01.2021 yil O`rtachirchiq tumanida joylashgan nizoli xonadonga tuman hokimining egalik huquqi berish haqidagi qarori qabul qilinmayotganligi, bunga tuman hokimligi xodimi T.S. to`sqinlik qilayotganligi vajidan u bilan o`zaro janjallashib, o`zi bilan olib kelgan oshxona pichog`i bilan uning qorin qismi va chap oyog`i son qismiga urib, tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 19.01.2021 yilda O`rtachirchiq tuman prokuraturasi tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi “b,l” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi B.A. JPK talablari asosida ushlangan.

Hozirda O`rtachirchiq tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар