my5
Sevimli

"TikTok" o`zining to`lov xizmatlarini ishga tushirdi

Hi-tech 21.01.2021, 23:07
Теглар: TikTok
"TikTok" o`zining to`lov xizmatlarini ishga tushirdi

ByteDance kompaniyasi TikTok dasturining Xitoy versiyasi— Douyin uchun to`lov xizmatini ishga tushirdi.  Shu yo`l bilan ByteDance kompaniyasi elektron tijorat biznesini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Hozircha Douyin Pay xizmati faqat Xitoydagina ishlaydi.  Ilgari 600 milliondan ortiq Douyin foydalanuvchilari virtual sovg`alar, tokenlar va ilova ichidagi mahsulotlar uchun Alibabaning Alipay vaTencenning WeChat Pay orqali to`lashlari mumkin edi.  iResearch ma`lumotlariga ko`ra, ular mamlakatdagi uyali aloqa operasiyalari bozorining 90% dan ortig`ini tashkil qiladi.

«Douyin Payning ishga tushirilishi mavjud asosiy to`lov usullarini to`ldirishga va oxir-oqibat Douyin dasturida foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga qaratilgan», degan ByteDance.

Alipay va WeChat Pay nafaqat mobil dasturlarda, balki xaridor faqat buyum sotib olish uchun shtrix-kodni skanerlashi kerak bo`lgan oddiy do`konlarda ham taqdim etiladi.

ByteDance o`z to`lov xizmatini 2019 yilda ishga tushirishga tayyorlana boshlagan, u Internetda moliyaviy operasiyalarni amalga oshirish uchun lisenziya olgan Wuhan Hezhong Yibao Technology Co kompaniyasini sotib olgan, deb yozadi CNBC.  Douyin Paydan foydalanish uchun esa foydalanuvchilarga Xitoy bank hisobvarag`i kerak bo`ladi.

Шарҳлар

Italiya hukumati “TikTok”ni qisman cheklab qo`ydi. Bunga sabab yosh qizchaning o`limi

23.01.2021, 15:59

Shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish bo`yicha Italiya idorasi "TikTok" ijtimoiy tarmog`ining barcha italiyalik foydalanuvchilarining yoshini aniqlab bo`lmaydigan akkauntlarini vaqtincha blokirovka qilishga qaror qildi. Bu haqda bo`lim...