Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda kuchli shamol bo`lishi kutilayotgani sababli aholidan ehtiyot choralarini ko`rishni so`radi.
FVV xabariga ko`ra, O`zbekistonning shimoliy hududlarida kuchli qor yog`ib ob-havo harorati keskin pasaydi. Yaqin sutka ichida poytaxtda ham ob-havo haroratining pasayishi va shamolning kuchayishi kutilmoqda.
Mulkingizga ziyon etishini oldini olish uchun daraxtlar tagida va reklama ustunlari yaqinida qoldirgan avtomobillaringizni xavfsizroq joyga qo`yishingizni so`raymiz. Derazalarni mahkam yoping. Tashqi tokchadan gultuvaklar va boshqa buyumlarni olishingizni tavsiya etamiz. Elektr bilan bog`liq uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda, maishiy elektr uskunalaringizni elektr tarmog`idan uzib qo`ying, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq "O`zgidromet" yaqinlashib kelayotgan kuchli sovuq haqida xabar qilgan edi.