my5
Sevimli

Nurmat Otabekov O`zbekistonda emlash jarayonlari qanday olib borilayotgani yuzasidan ma`lumot berdi

Salomatlik 22.01.2021, 09:15
Nurmat Otabekov O`zbekistonda emlash jarayonlari qanday olib borilayotgani yuzasidan ma`lumot berdi

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan vaksinasiya jarayonlari boracidagi savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Atabekov quyidagilarni ma`lum qildi:  

—  Ta`kidlash joyizki,  COVAX (Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash mexanizmi) doirasida yurtimizga  keltirilishi rejalashtirilayotgan Pfizer/BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan Comirnaty vaksinasi dastlabki bosqichda 100 ming doza olib kelish rejalashtirilmoqda. Bu esa xavf guruhiga mansub 50 ming nafar aholini ikki marotaba emlashga etadi.  

Ayni paytda milliy emlash kalendariga muvofiq,  yurtimizda 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash  tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz tibbiyot tizimining barcha bo`g`inlarida 2-8 ℃  haroratga mo`ljallangan sovuqlik zanjiri infratuzilmasi to`liq yaratilgan. Ushbu tizim Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining barcha talablariga javob beradi.

Avval ham ta`kidlaganimizdek, hozirda Rossiyadan 100 doza “Sputnik V” vaksinasi yurtimizga olib kelingan va -20 ℃ haroratda saqlab turilibdi. Bir vaqtning o`zida “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikasiyalash  va O`zbekistonda vaksina ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo`yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.

Ta`kidlash joizki, yurtimizga  Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinalari keltirilgan bo`lib, ularning sinov jarayonlarida 8 nafar xitoylik mutaxassis ham ishtirok etmoqda va amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qoshida tashkil etilgan immunizasiya shtabi tomonidan kuzatib borilmoqda.

2021 yilning 21 yanvar holatiga koronavirus kasalligiga qarshi vaksinani sinov jarayonida ishtirok etish istagini bildirib, 8153 nafar ko`ngillilar murojaat etishdi.  

Shu o`rinda koronavirus kasalligiga qarshi emlanishning nechog`liq ahamiyatli ekanligiga yana bir bor to`xtalib o`tmoqchiman. Hozir biz yurtimiz aholisining qancha qismi ushbu kasallik bilan kasallanib ulgurganini aniq bilmaymiz.  

Qachonki u yoki bu davlatda aholining 70 foizdan ortiqrog`ida turg`un immunitet bo`lmas ekan (kasallanish  yoki emlashdan keyin), epidemik jihatdan barqarorlikni ta`minlash qiyin bo`ladi. Faqat, virus yuqtirganligi yoki yuqtirmaganligidan qat`iy nazar koronavirusga qarshi emlanish mazkur virus bilan kasallanishni  saqlaydigan asosiy omil bo`lib qolaveradi.

Шарҳлар