my5
Sevimli

Milliy palata stomatologlar tayyorlashning Kanada tajribasini jalb etadi

Salomatlik 22.01.2021, 09:59
Milliy palata stomatologlar tayyorlashning Kanada tajribasini jalb etadi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi Kanadaning qadimiy universitetlaridan biri Dalhousie University bilan hamkorlikni stomatologiya sohasida boshlayapti. 

2021 yil 15 yanvarda bo`lib o`tgan onlayn uchrashuvda Milliy palata raisi Rovshan Izamov Dalhousie University universitetining stomatologiya fakulteti dekani Bendjamin Devis bilan muzokara olib bordi. 

1818 yilda asos solingan Dalhousie University bugun 13ta fakultetda 180dan ziyod o`quv dasturlariga ega, jumladan stomatologiya fakultetida ham. Universitet ilmiy-tadqiqot segmentida davlat miqyosida peshqadamlik qilayotgan Kanada OTMlarinig U15 guruhiga kiradi. Dalhousie Universityning umum tan olingan yutuqlari tibbiyot bilan, stomatologiya bilan, shuningdek IT-menejment bilan, okeanologiya bilan, genli injeneriya va boshqa yo`nalishlar bilan  bog`langan.

Milliy palata o`zining tashkil topgan dastlabki kunlaridanoq  mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimiga eng yaxshi xalqaro tajribalarni kiritish bo`yicha Dasturni amalga oshirib kelyapti. Mazkur Dasturning ahamiyatli tomoni sog`liqni saqlash sohasida kadrlar tayyorlashda katta tajribaga ega, eng so`ngi standartlar, metodologiyalar va ishlanmalar  asosida dars o`tadigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikdadir. 

Uchrashuv davomida R. Izamov ta`kidlaganidek, muhokama etiladigan hamkorlikning asosiy maqsadi — ta`lim sohasidagi hamkorlik va O`zbekiston stomatologlarining malakasini oshirishdan iborat. U shuningdek, hozirgi paytda O`zbekistonda eng rivojlangan tibbiyot oliygohlaridan biri Toshkent stomatologiya instituti (TDSI) ekanligini ham ta`kidladi. Xususan, 2020 yil so`ngida Ispaniyada mazkur OTMning filiali ochildi. 

O`z o`rnida B.Devis Dalhousie University vakillari dunyoniing har xil mamlakatlari mutaxassislariga Kanada standartlari bo`yicha sifatli ta`lim berish yo`li bilan xalqaro munosabatni yaxshilash ustida maqsadli ishlar olib borayotgani haqida so`zladi.

Tomonlar ushbu yo`nalishdagi hamkorlikning turli imkoniyatlarini, jumladan talabalar, ordinatorlar va amaliyotchi shifokorlar uchun teletibbiyot vositasida leksiyalar va master-klasslar, oflayn va onlayn formatda ta`lim konferensiyalari tashkil etish masalalarini muhokama etdilar. Jumladan TDSIga xalqaro akkreditasiyani joriy etish, shifokorlar malakasini oshirish bo`yich kurslar tashkil etish shartlari borasida so`z yuritildi. 

Hamkorlik davomida Milliy palata qo`shma loyihalarni amalga oshirishni nazorat qiladi va zarur yordamlar ko`rsatadi. Bu mazkur davlat tizimining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. 

Uchrashuv davomida «O`zbekistonda innovasion loyihalarni jalb etishga bugungi kunda davlat rahbariyati darajasida juda katta ahamiyat berilyapti. Respublika hayot faoliyatining har xil sohalari, jumladan tibbiyot uchun mutaxassislar tayyorlashning sifatli darajasi Innovasiyalarning muhim aspekti sanaladi», — deb ta`kidladi R. Izamov.

Tomonlar vaziyatning COVID-19 bilan bog`liq bugungi holatini inobatga olgan holda 3-6 oylik onlayn kurslarni yoki sertifikat berish sharti bilan stomatologiya sohasida yosh mutaxassislar uchun ta`lim videokonferensiyalari seriyalari ishlab chiqish haqida kelishuvga erishdilar. 

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati

Шарҳлар