my5
Sevimli

"Agar ahvol yaxshi bo`lganda, men Buxoroga kelmasdim" - Prezident

Siyosat 22.01.2021, 10:20
"Agar ahvol yaxshi bo`lganda, men Buxoroga kelmasdim" - Prezident

Kecha, 21 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Buxoro viloyatiga tashrifini Olot, Qorako`l, Shofirkon va Jondor tumanlari mahalla raislari va faollari bilan uchrashuvdan boshladi. "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, uchrashuvda mahallabay ish yuritish orqali mazkur tumanlar aholisining turmush sharoitini yaxshilash masalalari muhokama qilingan.

"Menga hammasi yaxshi, prezident, deydigan gaplar kerak emas, agar ahvol yaxshi bo`lganda, men Buxoroga kelmasdim"- dedi prezident.  

Ayni paytda 300 mingdan ortiq ishsizlik kuzatilayotgan Buxoro viloyatining sanoat rivojidan orqada qolayotgan Olot, Qorako`l, Shofirkon va Jondor tumanlarida ixtisoslashgan tadbirkorik, o`rta va yirik sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish bo`yicha mutasaddilarning takliflari ham tinglandi.

"Qarsakda haqiqat yo`q, muloqotda haqiqat", - deya Shavkat Mirziyoev ko`proq muloqotga urg`u berib o`tdi.

Shuningdek, tumanlar sektor rahbarlari va ularga biriktirilgan o`rinbosarlarning o`zlari mas`ul bo`lgan mahallalarda uyma-uy yurib, har bir fuqaroning dardini tinglash lozimligi ta`kidlandi.

"Kabinet yo`q! Hokimlik binosi yopiladi. Ular mahallalarga borib yotib ishlashadi",- dedi prezident.

Sardorbek Rahmonqulov

Шарҳлар