my5
Sevimli

Prezident Buxorodagi zamonaviy uylardagi xonadonda mehmon bo`ldi

Jamiyat 22.01.2021, 17:34
Теглар: Foto, Prezident, Buxoro
Prezident Buxorodagi zamonaviy uylardagi xonadonda mehmon bo`ldi

Davlatimiz rahbari Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko`rdi.

Ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizasiyasi yo`q uylar bo`lib, shahar ko`rkini buzib turardi. O`tgan yili bu erda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalari barpo etildi.

Shavkat Mirziyoev mehnat faxriysi Ne`mat ota Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat bo`ldi.

Bu oila oldin shu mahalladagi eski uyda istiqomat qilar edi. Endi barcha ushbu zamonaviy mavzeda yashayotganidan rozi.

Prezident xalqimiz mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini ta`kidladi.

Shu erda Buxoro viloyatida avtomobil yo`llari qurish va ta`mirlash, Buxoro shahrida oqova suv inshootlari qurish, eski ko`p qavatli uylar qiyofasini yangilash rejalari haqida axborot berildi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.

Шарҳлар

Qurilish vazirligi: Buxorodagi "portlagan uy" noqonuniy qurilish bo`lgan

06.02.2021, 15:29

2021 yil 04 fevral kuni Buxoro shahar, I.Karimov ko`chasi yo`l yoqasida joylashgan 9 qavatli uyning 3-qavatidagi xonadonda gazning sizib chiqishi natijasida portlash yuz bergani haqida...
"12 kishi jabrlangan". Buxorodagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

05.02.2021, 00:07

2021 yil 04 fevral Buxoro shahar, I.Karimov ko`chasi yo`l yoqasida joylashgan 9 qavatdan iborat bo`lgan uyning 3-qavatidagi xonadonda gazni sizib chiqishini natijasi portlash yuz bergani...
Mandarinlar to`kilib yotadigan shahar, kuyovlar bellashuvi sabab yaratilgan muhtasham teatr yoxud "Gladiator" qahramoniga aylanish siri. Bu maskan qaerda? (fotosayohat)

01.02.2021, 23:36

Avval xabar qilganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kappadokiya shaharlariga «Pandemiya sharoitida turizm» loyihasi doirasida navbatdagi...
Antaliya dunyo sayyohlarining sevimli maskani. Chunki... (fotosayohat)

31.01.2021, 02:50

Avval xabar qilganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kappadokiya shaharlariga «Pandemiya sharoitida turizm» loyihasi doirasida navbatdagi...