AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 7 ta hududida qor yog`ishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning 7 ta hududida qor yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 23 yanvar kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, biroz qor yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° sovuq, kunduzi 0-2° sovuq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SIRDARYo, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

SAMARQAND VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, respublika tog` oldi va tog`li hududlarining ba`zi joylarida qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar