Kecha, 22 yanvar kuni dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi yuqori bo`ldi, 16 ming nafardan ortiq kishi vafot etdi. Bu haqda JSST ma`lumotlariga tayanib O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 96 million 267 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 082 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 624 353 yangi holati aniqlandi, 16 079 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 98 million 157 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 106 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda 24,225 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,625 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,638 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,677 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,543 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 187 919, Hindistonda 14 545, Braziliyada 64 385, Rossiyada 21 513, Buyuk Britaniyada esa 37 892 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.