Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasidagi 20 yanvar kuni portlash sodir bo`lgan sexning rahbari o`zini osdi.
Bugun, 23 yanvar kuni IESda ishlovchi 40 yoshli S.Sh. o`zini osgan. U vafot etgan.
Marhum "Yangi Angren" IES ishi bo`yicha tergovga jalb qilingani aytilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, jamoatchilik nafratiga sabab bo`lgan falokat - yong`in u rahbarlik qiladigan sexda sodir bo`lgan.
Ohangaron tumani Yonariq qishlog`ida tug`ilgan marhum S.Sh. ning o`zini osishiga nima yoki qanday voqelik sabab bo`lgani noma`lum.