AsosiySport

«Roma»dagi ichki nizolar tufayli klub murabbiyi Fonseka iste`foga chiqarilishi kutilmoqda

'«Roma»dagi ichki nizolar tufayli klub murabbiyi Fonseka iste`foga chiqarilishi kutilmoqda'ning rasmi

Rimning «Roma» klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka rahbariyat tomonidan iste`foga chiqarilish kutilmoqda.

Corriere dello Sport’ning yozishicha, A Seriya 19-turi doirasidagi «Spesiya»ga qarshi bahsda «Roma» mag`lubiyatga uchrasa, Fonseka iste`foga chiqarilishi aniq. Rim klubi xo`jayini Den Fridkin jamoaga yangi bosh murabbiyni taklif etmoqchi. Klub egasi futbolchilar va murabbiy o`rtasidagi kelishmovchiliklar jamoaning zarariga ishlashidan xavotirda.

Fonsekaning o`rniga Massimiliano Allegri va Valter Madzarri nomzodlari ko`rib chiqilgan. Rahbariyat ushbu murabbiydan birini tanlamoqchi.

Avvalroq, Fonseka bilan kelishmovchilik tufayli jamoa sardori Edin Jeko zaxira o`rindig`iga qoldirilib, undan sardorlik bog`ichi olib qo`yilgani xabar berilgandi. Murabbiy klub rahbariyatiga Jekoni boshqa klubga sotilishiga qarshi emasligini ma`lum qilgan. Bosniyalik futbolchining agenti Edinga yangi klub izlamoqda. Shuningdek, Mxitaryan va Pedro ham «Roma»ning «Spesiya»ga qarshi o`yinida qaydnomadan o`rin olmagan.

    Boshqa yangiliklar