Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 24 yanvar kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma`lum qildi.
Toshkent shahri. Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent viloyati. Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo`ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, respublika tog` oldi va tog`li hududlarining ba`zi joylarida qor yog`ishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo`ladi.