my5
Sevimli

Rossiyaning Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridan 13 nafar fuqaro O`zbekistonga olib kelindi

Jamiyat 24.01.2021, 16:41
Rossiyaning Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridan 13 nafar fuqaro O`zbekistonga olib kelindi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi qator vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda Rossiya Federasiyasi va Qozog`iston Respublikasining turli hududlarida murakkab vaziyatlarga tushib qolgan ko`plab fuqarolarimizni mamlakatimizga olib kelmoqda.

Ana shu yo`nalishdagi faoliyat davom ettirilib, Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridan 13 nafar yurtdoshimiz 23 yanvar kuni Moskva – Toshkent yo`nalishidagi charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

O`zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda olib kelingan yurtdoshlarimiz bilan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakillari profilaktik va tushuntirish tadbirlarini o`tkazib, ular doimiy yashash manzillariga kuzatib qo`yildi.

Шарҳлар