“O`zbekneftgaz” AJning Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “To`maris” gaz kondensat koni Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan.
“To`maris” gaz kondensat koni 2018 yilda 1-izlov qudug`ini burg`ilash orqali ochilgan bo`lib, konda hozirgacha jami 11 ta izlov-qidiruv va baholovchi ishlatish quduqlari burg`ilangan (№1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7- izlov qidiruv quduqlari, №10-, 11-, 12-, 13- baholovchi ishlatish quduqlari).
Konda 2021 yil oxirigacha qidiruv ishlari yakunlanadi va konning gaz zaxirasi aniqlanadi. Hozirda ushbu quduqlardan kon bo`yicha kuniga 663 ming kub metr tabiiy gaz va 11,3 tonna kondensat olinmoqda.
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “To`maris” gaz kondensat konidagi 7-sonli qidiruv qudug`ida burg`ilash ishlari 2100 metrda tugatilib, quduqning 1904–1908 metr oralig`ida Yura davrining XV-2 mahsuldor qatlamida sinov ishlari olib borilishi natijasida, quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz olinishiga erishildi.
“O`zbekneftgaz” AJ 2021 yilda uglevodorod qazib olishni ko`paytirish va ishlatish quduqlarining qurilishi dasturiga asosan, konda bir qator baholovchi ishlatish hamda ishlatish quduqlarini burg`ilash rejalashtirilgan.