AsosiyDunyo

Mehnat migrantlarini Rossiyaga olib kirishning maxsus mexanizmi yaratildi

'Mehnat migrantlarini Rossiyaga olib kirishning maxsus mexanizmi yaratildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati xabariga ko`ra, Rossiya Federasiyasidagi qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasiga Tojikiston, O`zbekiston, Qozog`iston va Turkiyadan fuqarolarni jalb qurilishning «qo`lda boshqarish rejimida» ishlaydigan mexanizmi joriy etilmoqda. Bu haqda Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri Irek Fayzullin ma`lum qilgan.

Yangi mexanizmga ko`ra, endilikda Rossiyaning qurilish kompaniyalari vakillari yoki viloyatlar rahbariyati ma`lum bir ob`ekt uchun migrantlarni chaqirish yuzasidan Qurilish vazirligiga murojaat qilishi mumkin. Murojaat uch hafda davomida komissiya tomonidan ko`rib chiqiladi.

Chegaralar ochilgandan keyin esa Rossiyaga xorijiy ishchilarni kiritishning yangi mexanizmi yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar