AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus bilan kasallanishning 600 790 yangi holati aniqlangan, 15 846 nafar bemor vafot etgan

'Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus bilan kasallanishning 600 790 yangi holati aniqlangan, 15 846 nafar bemor vafot etgan'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 96 million 877 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 098 mingdan ziyod kishi vafot etgan.  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 600 790 yangi holati aniqlandi, 15 846 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 98 million 728 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 120 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 24,413 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,639 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,697 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,698 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,583 milliondan ortiq).

 JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 188 176, Hindistonda 14 256, Braziliyada 59 119, Rossiyada 20 921, Buyuk Britaniyada esa 40 261 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar