AsosiyJamiyat

O`tgan yil davomida 4100 nafardan ortiq qoidabuzar piyodalar aniqlangan

'O`tgan yil davomida 4100 nafardan ortiq qoidabuzar piyodalar aniqlangan'ning rasmi

Tahlillar yo`l-transport hodisalari aksariyat xollarda harakat ishtirokchilari tomonidan «Yo`l harakati qoidalari»ni buzish oqibatida kelib chiqishini ko`rsatadi. Oxir-oqibatda esa bu tuzatib bo`lmas xatoliklarga, ayrim insonlarni hayotdan bevaqt ko`z yumishiga, ba`zi birlarini bir umrga mayib-majruh bo`lib qolishiga olib keladi. Shu sababli bugun asosiy e`tibor piyodalar qoidabuzarliklarining oldini olishga qaratilmoqda. Chunki, yog`ayotgan qor ham harakat ishtirokchilaridan yo`llarda o`ta mas`uliyat bilan harakatlanishni, qoidalar talablarini so`zsiz bajarishni talab etadi.

Joylarda o`tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida piyodalarni hushyorlikka chorlab, ularga xavfsiz yurish talablari ham tushuntirib borilyapti. Qoidabuzar piyodalar bilan suhbatlashsangiz, ularning aksariyati «Shoshib turgandim», «Bilmay qolibman», deb o`z qilmishlarini xaspo`shlashga intiladi. Ular nazarida arzimasdek bo`lib ko`ringan bu xatolar pirovardida juda katta qurbonlarga sabab bo`luvchi falokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini o`ylab ko`rishmaydi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatining ma`lumot berishicha,  yilning o`tgan davri mobaynida yo`l patrul xizmati inspektorlari tomonidan qoidabuzarlik sodir etgan 4100 dan ortiq piyodalar to`xtatildi va ularga nisbatan ma`muriy choralar ko`rildi.

    Boshqa yangiliklar