«O`zgidromet» 27 yanvar, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3—8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—4 daraja sovuq, kunduzi 7—9 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`istonRespublikasi va Xorazmviloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiyviloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzaxviloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoviloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4—9 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo`ladi.