Sevimli

O`zbekistonda har yili bachadon bo`yni saratoniga chalingan ayollarning 42 foizdan ortig`i vafot etadi

Salomatlik 09.02.2021, 17:39
Теглар: Bachadon bo`yni saratoni
O`zbekistonda har yili bachadon bo`yni saratoniga chalingan ayollarning 42 foizdan ortig`i vafot etadi

O`zbekistonda har yili 1700-1800 ayol bachadon bo`yni saratoniga chalinadi, ularning 42 foizdan ortig`i vafot etadi. Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Botir Qurbonov ma`lum qildi:

«O`zbekistonda bachadon bo`yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o`rtasida ko`krak bezi saratonidan keyingi o`rinda turadigan va eng keng tarqalgan saraton xastaligi hisoblanadi.

Kasalliklardan o`lim ko`rsatkichi bo`yicha esa, bachadon bo`yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o`rtasida ko`krak bezi va oshqozon saratoni tufayli o`limdan keyin uchinchi o`rinda va tug`ish yoshidagi ayollar (15-44 yosh) orasida bachadon sartonidan o`lim ko`rsatkichi ikkinchi o`rinda turadi.

Ushbu o`limlarning aksariyati — tashxisni kech qo`yish natijasida ro`y beradi. Bachadon bo`yni saratoni kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablarning asosiysi (98-99 foizi) odam papilloma virusi (OPV) xisoblanadi».

Шарҳлар