AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ro`yxatdan o`tkazish boshlandi

'O`zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ro`yxatdan o`tkazish boshlandi'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari B.Yusupalievning O`zbekiston delegasiyasining Rossiya Federasiyasining “Sputnik V” koronavirus vaksinasini o`rganish yuzasidan ushbu mamlakatga tashrifi natijalari bo`yicha hisoboti eshitildi.

Unda “Sputnik V” vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga etkazilganligi hamda Rossiya Federasiyasida ro`yxatdan o`tkazilganligi, shuningdek, ushbu vaksinani O`zbekistonda sertifikatlashtirish va ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha takliflar kelib tushganligi ta`kidlandi.

Rossiya Federasiyasi tomonidan taqdim etilgan uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari tahlili muhokama qilindi va birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro`yxatdan o`tkazish jarayonini boshlash mumkinligi ma`qullandi.

Boshqa yangiliklar