Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg`onada damaschilar va taksichilar urishib ketdi” sarlavhali videolavha tarqalgan edi.
Shundan so`ng mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari o`tkazishga kirishilganligi to`g`risida xabar qilingan edi. Ayni paytda viloyat IIB Axborot xizmatining "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, holat yuzasidan shu kunning o`zida Farg`ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergovga kirishildi.
Mazkur jinoyat ishi doirasida fuqaro I.Sh. prosessual tartibda ushlangan bo`lib, hozirda qolgan ishtirokchilarni aniqlash choralari ko`rilmoqda.
Tergov harakatlari davomida ishga aloqador bo`lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi. Holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.
Tergov harakatlari yakuniga ko`ra, qo`shimcha xabar beriladi, deyiladi xabarda.
12.04.2021, 16:19
Farg`ona viloyati Quvasoy shaxrida 11 aprel, yakshanba kuni ko`p qavatli binoning 4-qavatida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum...10.04.2021, 19:07
Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 9 aprel kuni «Lacetti» belgilanmagan joydan o`tayotgan velosipedchini bosib ketdi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum...09.04.2021, 22:17
Farg`ona viloyati Dang`ara tumanida 8 aprel kuni «Lacetti» urib yuborgan velosiped haydovchisi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Xabarga...23.03.2021, 16:46
Joriy yilning 22 mart kuni soat 09:50larda, Farg`ona viloyati, Farg`ona shahar hududidan o`tgan 4R-143 “Farg`ona-Quvasoy” avtomobil yo`lining 1-kilometrida, I.Karimov va Kichik halqa avtomobil yo`li ko`chalari...