Agar odamlar o`zlarini ehtiyot qilmasalar, COVID-19 pandemiyasining uchinchi to`lqini bo`lishi mumkin, deya ogohlantirdi Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuinovich "Rossiya 1" efirida.
“Hali odamlarning immuniteti etarli emas, hali hech qanday natija yo`q. Ehtiyot bo`lmasak, ehtimol uchinchi to`lqin keladi. Bu odamlarning xatti-harakatlariga bog`liq», - deya tushuntirdi u.
Shu bilan birga, Vuynovich hozirgi kunda koronavirus tarqalishining ikkinchi to`lqini dunyo miqyosida kamayib borayotganini va yuqtirish holatlari soni ketma-ket besh hafta davomida pasayganini tasdiqladi. Biroq mutaxassis Rossiyada niqob rejimini bekor qilish uchun kutilgan sanani e`lon qilmadi va bashorat qilish uchun hali erta ekanligini ogohlantirdi.
"Menimcha, shaxsiy gigiena va boshqa odamlarni himoya qilish vositasi sifatida niqoblar bir muncha vaqtgacha kerak bo`ladi", dedi Vuynovich.