my5
Sevimli

Toshkentda vafot etgan bemorning yaqinlari shifokorni kaltakladi

Jamiyat 20.02.2021, 19:09
Теглар: SSV
Toshkentda vafot etgan bemorning yaqinlari shifokorni kaltakladi

Kecha, 19 fevral tungi soat 23:13 da tez tibbiy yordam Sall-markaziga Toshkent shahri Yashnobod tumani  Yashnobod 6-tor ko`chasidagi xonadonlarning biridan chaqiriq tushgan. Tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruv joyiga soat 23:25 da, ya`ni 12 minutda  etib borib, xonadondagi bemor  tezkor tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan va 23:40 da bemorning ahvoli o`ta og`ir bo`lganligi uchun zudlik bilan poytaxtimizdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasiga etkazilgan. 

Muassasa bosh shifokori B. Mamadjonovning ma`lum qilishicha, shifoxonada 52 yoshli bemor D. N.ga "Gipertoniya kasalligi. Gipertonik kriz. O`pka shishi va agonal holat” tashxisi qo`yilib, zudlik bilan reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.  

U paytda bemorning holati og`ir bo`lib, ko`z qorachig`i kengaygan, fotoreaksiya aniqlanmagan, nafas aktivligi kuzatilmagan holatda bo`lgan, uyqu arteriyasida ham pulsni aniqlab bo`lmagan va shu tariqa bemorda klinik o`lim holati qayd etilgan.  

Bemorga sun`iy nafas yuborish, yurakni bevosita massaj qilish, defibrillyator orqali ta`sir qilish va boshqa muolajalar qilinib, yurak va nafas reanimasiyasi 30 daqiqa davomida 3 marta qayta o`tkazilgan. Standartlar bo`yicha amalga oshirilgan tezkor muolajalarga  qaramasdan, bemorda biologik o`lim qayd etilgan.  

Bemorning vafoti haqida yaqinlariga ma`lum qilinganda uning farzandlari tomonidan xizmat vazifasini bajarayotgan  shifokorlarga nisbatan sababsiz  jismoniy tazyiq o`tkazilgan.  

Buning oqibatida shahar tez tibbiy yordam xizmatining  shifokori, 32 yoshli D. U. “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat eyishi, chap yonoq sohasi yumshoq to`qimalarining lat eyishi. Ko`krak qafasi yumshoq to`qimalari lat eyishi, travmatik shok 1,2-daraja” tashxisi bilan, yana bir tez tibbiy yordam xizmat  xodimi, 21 yoshli A. A. “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, burun suyagining yopiq sinishi. Ko`krak qafasi sohasi yumshoq to`qimalari lat eyishi” tashxisi bilan mazkur shifoxonaning reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.  

Yarim tunda o`z kasbiy faoliyatini bajarish paytida tajovuzga  uchragan tibbiyot xodimlari uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidan neyroxirurg shifokorlar taklif qilingan va ularga dastlabki qo`yilgan tashxis  to`liq tasdiqlangan.

Bugun tongda ham jabrlangan tibbiyot xodimlarining ahvoli og`irligicha qolayotganligi va ularga maxsus jarrohlik amaliyotiga tibbiy ko`rsatma borligi sababli Respublika shoshilinch  tibbiy yordam ilmiy markaziga o`tkazilgan.

 Darhaqiqat, Sog`liqni saqlash vazirligi bir necha yillardan beri tibbiyot xodimlarini himoyalash borasida qonunchilikni kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish, aholida tibbiy xizmatdan foydalanish va shifokorlarga nisbatan muomala madaniyatini oshirishga jiddiy e`tibor qaratishga chaqirib kelmoqda.  

Mazkur holat ham bu masalaning dolzarbligini yana bir bor isbotladi. Ayni holat yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yo`lladi. Unda yuqorida qayd etilgan holatni qat`iy nazoratga olgan holda, aybdor shaxslar qattiq javobgarlikka tortilishini ta`minlashda amaliy yordam so`raldi.

Шарҳлар

Bolalarda ko`p uchraydigan maymoqlik kasalligining belgi va shakllari qanday?

13.03.2021, 17:53

Bolalarda ko`p uchraydigan ortopedik xastaliklardan biri maymoqlik hisoblanadi. Ushbu kasallikning belgilari, tashhislash usullari qanday? Uni davolash uchun nima qilish kerak? SSV matbuot xizmatining shu kabi...
Yurak xurujining yangi alomati aniqlandi

10.02.2021, 17:42

Taniqli shifokor-terapevt Alka Patelning aytishicha, yoshi katta insonlarda tish og`rig`i yaqinlashib kelayotgan yurak xuruji xavfidan darak berishi mumkin. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. "Umrida...
Turkiya Prezidenti turkiy tilli davlatlar sog`liqni saqlash vazirligi bilan uchrashdi

31.10.2020, 15:31

Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sog`liqni saqlash sohasida muvofiqlashtiruvchi qo`mita yig`ilishi doirasida tashkil etilgan muloqotlarga Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an ham tashrif buyurib,...