AsosiyJamiyat

Ham uyini ham ishini birdek eplolmagan andijonlik yosh keling eri tomonidan do`pposlab o`ldirildi

'Ham uyini ham ishini birdek eplolmagan andijonlik yosh keling eri tomonidan do`pposlab o`ldirildi'ning rasmi

Andijon shahrida yashovchi To`xtasin Sobirov va Dilbar Sharipova (ism-familiyalar o`zgartirilgan)ning sha`riy nikoh asosida turmush qurganlariga xali bir yil ham to`lmagan edi. Ming afsuski, uyning yig`ishtirilmaganligi tufayli o`rtalarida kelib chiqqan janjal yosh kelinni hayotdan bevaqt olib ketdi. Bu haqda O`zA muxbiri xabar berdi.

 

Dilbar ishxonasida ishlar ko`payib ketgani uchun ishdan kech kaytib, ovqat tayyorlayotgan bir paytda turmush o`rtog`i ko`chadan kirib keladi. Bu paytda ular bilan birga yashaydigan xonadon kattalari uyda bo`lmagan. Ishdan nega kech kelganligi, keyin uyning saranjom-sarishta emasligi uchun o`rtada janjal boshlanadi. Dahanaki jang tilini tiymagan xotinni do`pposlashgacha borib etadi.

Jahl kelganda, aql ketadi deganlaridek, er tomonidan kaltaklanib, hushini yo`qotgan Dilbar shifoxonaga etib bormasdan vafot etadi.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida marhumada bosh miya yopiq jarohati, teri osti va to`qimalarga qon quyilishlar, o`tkir yurak-qon tomir va nafas etishmovchiligi, shilinma jarohatlar, umuman, hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlari borligi qayd etilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Marhamat tuman sudi raisi Abdurashid Isaqov raisligida ushbu holat bo`yicha sud ishi ko`rib chiqilib, sudlanuvchi, 1994 yilda tug`ilgan To`xtasin Sobirovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi va jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar