my5
Sevimli

Seuldagi ilk halol o`zbek restorani asoschisining muvaffaqiyat sirlari

Mutolaa 23.02.2021, 20:43
Seuldagi ilk halol o`zbek restorani asoschisining muvaffaqiyat sirlari

Seulda o`zbek taomlari oshxonasini ochgan hamyurtimiz muvaffaqiyati sirlari bilan bo`lishdi. 

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridagi birinchi o`zbek milliy taomlari oshxonasi – «Lazzat» restorani asoschisi Mahmud Abdullaev o`zbek taomlarini xorijliklarga tanitib kelmoqda.

– Koreyaga 2009 yilda kelgan bo`lsam, 2013 yil bahoriga qadar turli xil ishlarni qilib, oilam, farzandlarimdan uzoqda musofirchilikning nonini eb yurdim. Keyin 2013 yil bahorlarida ayolimni ham olib keldim. Restoran ochilganiga ham mana 7 yil bo`libdi.

2015 yilda Koreyaning taniqli «KBS» xalqaro telekanali vakillari kelib, kafe haqida, oilamiz haqida ko`rsatuv olishni taklif qilishdi.

 Allohning qudratini qarangki, shu ko`rsatuvdan keyin Yaponiyadan atayin restoranga mehmonlar keldi. Amerikadan, Malayziyadan tashrif buyurishdi.

To`g`risi, Koreyaga kelmasimdan oldin hattoki tuxum ham pishirmaganman. Lekin bu oshxonani ochishimda menga ishonch bergan inson – ayolim. Keyinchalik o`zim ham o`qidim. Hozir somsadan boshlab desertgacha hamma taomlarni tayyorlay olaman.

Шарҳлар