my5
Sevimli

O`zbekistonda siam egizaklari tug`ilgani rostmi? (video)

Jamiyat 24.02.2021, 16:48
Теглар: siam egizaklar
O`zbekistonda siam egizaklari tug`ilgani rostmi? (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda siam egizaklari dunyoga kelgani haqida xabar tarqalmoqda. Unda onada homiladorlik davridagi shamollash tufayli embrion hujayralarida yuz bergan o`zgarish sabab chaqaloq shu ahvolda dunyoga kelgan, deyilgan. Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu xabarlar yolg`on va asossiz ekanini ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, SSV Matbuot xizmati vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida vazirlikning Bolalikni muhofaza qilish bo`limi boshlig`i Nilufar Mansurova bilan bog`langan. Mas`ul xodimga ko`ra, ayni paytda mamlakatdagi birorta muassasada bunday tug`ruq qayd etilmagan. 

Shu sababdan, vazirlik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan va internet sahifalari ma`murlaridan yolg`on va asossiz xabarlar tarqatmaslikni so`ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 29 iyunida Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga kelgan va shifokorlar tomonidan qilingan muolajalarga qaramay, 6 iyul kuni vafot etgan edi.

Шарҳлар