Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida yo`l-transport tizimini yaxshilash va yangi yo`llar qurishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxtimizda transport vositalari soni ortib bormoqda. Ayrim ko`chalardagi yo`nalishlar, yo`l harakati belgilari qatnovga noqulaylik tug`dirmoqda. Shu sababli yirik ko`chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.
Ushbu muammoni bartaraf etish, haydovchi va yo`lovchilarga qulayliklarni oshirish maqsadida muhandislik echimlari ishlab chiqilgan. Xususan, Mirzo Ulug`bek tumani hududidagi Parkent ko`chasi va Kichik halqa yo`lini Mustaqillik shoh ko`chasi bilan bog`laydigan yangi yo`nalish ochish rejalashtirilgan.
Taqdimotda davlatimiz rahbari Transport vaziriligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligiga tirbandliklar yuzaga kelayotgan o`ndan ortiq ko`chada qisqa muddatlarda qo`shimcha harakat yo`nalishlarini ochish bo`yicha topshiriq berdi.
15.04.2021, 18:15
Xabaringiz bor, ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoev hududlardagi o`zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyati bo`lib turibdi. Davlat rahbari Samarqandga tashrifi davomida shahar...12.04.2021, 17:57
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 14 aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o`tkazadilar. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. Tadbir kun...09.04.2021, 11:30
Shavkat Mirziyoevning Rossiya va Koreyaga tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o`tkazayotgan brifingda ma`lum qilindi.Xabarga ko`ra, 5 aprel kuni Prezident Rossiya sanoat...08.04.2021, 14:40
Bugungi bo`lib o`tadigan Prezident videoselektorida joriy yilda kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta`minlash dasturini amalga oshirish choralari tanqidiy ko`rib chiqiladi.O`tgan yili kichik...