AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda havo harorati -25 darajagacha tushadi

'Ertaga O`zbekistonda havo harorati -25 darajagacha tushadi'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 25 fevral kuni O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° sovuq, kunduzi 3-5° sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq; Ustyurtda kechasi 20-25° sovuq, kunduzi 13-18° sovuq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 10-15° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar