"Fin-796H koronavirus shtammi Finlyandiyada ikki kishidan topildi", deb yozadi TASSga tayanib ura.news nashri.
Ushbu SARS-CoV-2 shtammi dunyoning hech bir joyida topilmagan, deyiladi xabarda. Olimlarning fikriga ko`ra, infeksiyaning ushbu versiyasi virus genomining kamida 15 xil qismida farq qiladi.
So`nggi oylarda butun dunyoda COVIDning bir nechta o`zgarishlari aniqlandi. Eng mashhurlari virusning "britancha" va afrikalik shtammlari. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ushbu jarayonni tabiiy deb ataydi.