Sevimli

Vaksinalar yaratilishi bo`yicha qanday xususiyatlarga ega bo`ladi? Mutaxassis javob berdi

Salomatlik 25.02.2021, 19:17
Vaksinalar yaratilishi bo`yicha qanday xususiyatlarga ega bo`ladi? Mutaxassis javob berdi

Innovasion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari, Ilg`or texnologiya markazi direktori Shahlo Turdiqulova vaksinalar yaratilishi borasidagi talablar va tajribalar haqida ma`lum qildi:  

- Vaksinalar yaratilishi bo`yicha to`rt xil xususiyatga ega bo`ladi. Birinchisi, kuchsizlantirilgan SARS-CoV-2 vaksinasi bo`lib, organizmga yuborilganda virus qayta faollashishi hamda koronavirus infeksiyasini keltirib chiqarishi mumkin.

Ikkinchisi, m-RNK turdagi vaksina himoya qobig`iga o`ralgan koronavirus genomi fragmenti asosida yaratiladi. Bu yangi texnologiya bo`lib, oldin qo`llanmagan. Inson salomatligiga ta`siri noma`lum. -70°S yoki -80°S sharoitda saqlash lozim. Biroq bunday imkoniyat faqat maxsus laboratoriyalarda mavjud.

Uchinchisi — adenovirus vektorli vaksinalar adenovirus asosida sun`iy yaratilgan virus va koronavirus oqsilini kodlovchi gen bo`lagidan tashkil topgan. Odam organizmiga koronavirus DNK bo`lagi kirgach, koronavirusning tuzilish oqsili sintezlanadi. Yot DNK bo`lagining odam genomiga integrasiyalashish ehtimoli mavjud.

To`rtinchisi, rekombinant oqsil vaksinalari koronavirus tashqi oqsili biotexnologik usul bilan sintezlanib olinadi. Organizmga yuborilganda oqsilga nisbatan immun javob hosil bo`ladi. Boshqa turdagi vaksinalar bilan solishtirganda, eng yuqori xavfsizlik profiliga ega. So`nggi o`n yilda keng qo`llangan vaksina turi hisoblanadi. Gepatit, papilloma, pnevmoniya, meningakokk va boshqa xastaliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun qo`llangan. Saqlash sharoiti ham mavjud imkoniyatlarga mos: +2°S dan +8°S gacha muhitda saqlash mumkin.

“ZF 2001” vaksinasi rekombinant oqsil vaksinalari turkumiga mansubligi hamda nojo`ya ta`sirlar yuzaga kelishi boshqa turdagi vaksinalarga nisbatan kamligi inobatga olinib, uning klinik tadqiqotlarini hamkorlikda o`tkazishga qaror qilindi. Mazkur vaksinaning bir va ikki bosqichli klinik sinovlari natijalariga ko`ra nojo`ya ta`siri 0,3-0,5 foizdan kam bo`lgan.

Шарҳлар