AsosiyJamiyat

1 martdan ko`chaboshi va uyboshilarga har oyda kompensasiyalar to`lanadi

'1 martdan ko`chaboshi va uyboshilarga har oyda kompensasiyalar to`lanadi'ning rasmi

Bu tartib Hukumatning 23 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan nizomda o`z aksini topgan, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Hujjatga muvofiq, 1 martdan mahalla faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to`lovlar bo`yicha BHMning 50 foizi (122 ming 500 so`m) miqdorida har oyda kompensasiya to`lanishi belgilanmoqda.

Bunda ko`chaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy ko`rsatkichlar orqali baholanadi. Ular biriktirilgan ko`cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko`rsatgani inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to`plagan taqdirda pul to`lanadi.

Kompensasiya pul to`lovlari to`lanishi ko`chaboshi va uyboshilar mahalla faoliyatida faol ishtirok etmasa muddatidan oldin to`xtatiladi. Bunga mablag`lar mahalliy byudjetlarning qo`shimcha manbalari hisobidan ajratiladi. Uni Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi nazorat qiladi.

    Boshqa yangiliklar