my5
Sevimli

O`zbekiston va Turkiya rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar

Jamiyat 26.02.2021, 17:29
Теглар: Shavkat Mirziyoev
O`zbekiston va Turkiya rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar

Bugun, 26 fevral kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

O`zbekiston rahbari suhbat avvalida Turkiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog`lik va katta muvaffaqiyatlar hamda birodar turk xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi. Prezident Erdog`anning zamonaviy Turkiyaning barqaror taraqqiyotini ta`minlash, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oshirishdagi roli alohida qayd etildi.

Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ikki mamlakat etakchilari oliy darajadagi muntazam muloqotlar pandemiyaning murakkab sharoitlarida ko`p qirrali O`zbekiston-Turkiya hamkorligining yuqori sur`atini saqlab qolishga xizmat qilayotganini ta`kidladilar.

O`zbekiston Prezidenti Turkiya hukumati tomonidan mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi taraqalishiga qarshi kurashishda ko`rsatilayotgan yordam va amaliy ko`mak uchun  o`z hamkasbiga yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

Savdo, sanoat, energetika, infratuzilma, transport, qishloq xo`jaligi sohalaridagi qo`shma loyihalar, ta`lim va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarining amalga oshirilishi ham ko`rib chiqildi.

O`zaro tovar ayirboshlash va investisiyalarni ko`paytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shu jumladan Preferensial savdo to`g`risidagi bitimni tez fursatda tayyorlash va qabul qilish muhimligi qayd etildi. Investisiya muhitini takomillashtirish, hududlarni jadal industrial rivojlantirish, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini samarali tashkil etish masalalarida Turkiyaning ilg`or tajribasini o`rganish va joriy etishdagi hamkorlik faollashmoqda.

Davlat rahbarlari ta`lim, kinematografiya, madaniyat va turizm sohalarida qator ahamiyatli loyihalarni amalga oshirish muhim ekanini ta`kidladilar.

Shuningdek, bo`lajak oliy va yuqori darajadagi ikki va ko`p tomonlama tadbir va muloqotlar rejasi muhokama qilindi, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining bo`lajak sammitiga tayyorgarlikning borishi ko`rib chiqildi.

O`zbekiston va Turkiya Prezidentlarining suhbati har doimgidek ochiq, do`stona va o`zaro ishonch ruhida o`tdi.

Шарҳлар

Shavkat Mirziyoev Samarqand shahar chekkasida bunyod etilgan ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi

15.04.2021, 18:15

Xabaringiz bor, ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoev hududlardagi o`zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyati bo`lib turibdi. Davlat rahbari Samarqandga tashrifi davomida shahar...
14 aprel kuni O`zbekiston va Pokiston rahbarlarining videoanjuman shaklida uchrashuvi bo`lib o`tadi

12.04.2021, 17:57

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 14 aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o`tkazadilar. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. Tadbir kun...
Shavkat Mirziyoevning Rossiya va Koreyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda

09.04.2021, 11:30

Shavkat Mirziyoevning Rossiya va Koreyaga tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o`tkazayotgan brifingda ma`lum qilindi.Xabarga ko`ra, 5 aprel kuni Prezident Rossiya sanoat...
Bugun turli darajadagi rahbarlarning ishdan olinishi kutilmoqda

08.04.2021, 14:40

Bugungi bo`lib o`tadigan Prezident videoselektorida joriy yilda kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta`minlash dasturini amalga oshirish choralari tanqidiy ko`rib chiqiladi.O`tgan yili kichik...